#000080 Zamondan koyinmanglar, zero zamonning egasi Allohdir.
Hadis

#000000 Alloh sizga bergan oy va yil uchun,
Arzir har lahzaning naqshi bo'lsangiz.
Azaldan yomonga yomondir zamon,
Zamon yaxshi erur - yaxshi bo'lsangiz.
Har kimga dildagi niyati yo'ldosh,
Ezgu maqsadlari bir umr yordir.
Zamondan hech qachon koyinmangizkim,
Zamonning egasi Parvardigordir.








